2025-yil 1-aprel holatiga chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida marketpleyslarning maʼlumotlar bazasi soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilinib, xaridorlarga joriy yilda umumiy qiymati 30,9 trln so‘mlik 677,2 mln dona elektron chek taqdim etildi.
Shuningdek, elektron cheklar taqdim etilishi natijasida xaridorlarga avtomatik tarzda 184 mln dona elektron chek uchun 86,4 mlrd so‘m keshbek hisoblandi.
Ro‘yxatga olingan marketpleyslar – 207 ta.
Jumladan:
Elektron to‘lov tizimlari – 44 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 36 ta;
Integratsiya jarayonida – 8 ta.
Bank mobil ilovasi – 36 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 33 ta;
Integratsiya jarayonida – 2 ta;
Faoliyat yuritmayotgan (foydalanilmayotgan) – 1 ta.
Internet do‘konlar – 127 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 96 ta;
Integratsiya jarayonida – 24 ta;
Faoliyat yuritmayotgan (foydalanilmayotgan) – 7 ta.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50518 | Инструменты