Bugun 31-oktabr kuni soat 02:13 da Toshkent shahar Olmazor tumani “Chinobod” MFY Sag'bon 30-berk ko'chasida joylashgan 5-uydagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘in qisqa vaqt ichida bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida xonadonning taxminan 10 kv.m maydonda ichki qismi yonib zararlangani va xonadonda yashovchi 1950-yilda tug'ilgan fuqaro halok bo'lgani aniqlangan.
Oila a'zolarining so'zlariga ko'ra, 1950-yilda tug'ilgan fuqaro insult kasalligiga uchragani va shu sababli harakatlana olmaganligi uchun oxirgi yillari oila a'zolari nazoratida yotoq holatida bo'lgan.
Birlamchi ma'lumotlarga ko'ra, yong'in oqibatida halok bo'lgan fuqaro, yotoq joyida tamaki mahsulotini chekish natijasida, yong'in sodir bo'lgani taxmin qilinmoqda.
Hozirgi vaqtda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlash bo'yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70104 | Инструменты