O‘zbekistonning 8 ta oliy ta’lim tashkiloti dunyoning eng nufuzli reytingida o‘rin egalladi

O‘zbekistonning 8 ta oliygohi Times Higher Education (THE) xalqaro tashkilotining World University Rankings—2027 reytingidan joy oldi. Bu haqda THE ma‘lumotlariga tayanib, Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Reytingda O‘zbekistondan jami 53 ta oliy ta‘lim tashkiloti ishtirok etgan. Ulardan 8 tasi reytingdan joy olgan, qolgan 45 tasi ishtirokchi sifatida qayd etilgan.

O‘zbekistonning ikkita oliygohi Top-1000 talikdan joy olgan. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 551–600-o‘rinlarni, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti esa 651–700-o‘rinlarni egallagan.

Shuningdek, Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent davlat transport universiteti 1001–1200-o‘rinlarni egallagan.

O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1201–1400-o‘rinlardan joy olgan. Toshkent davlat tibbiyot universiteti esa 2001+ guruhida qayd etilgan.

THE World University Rankings universitetlarni ta‘lim, ilmiy tadqiqot, bilim transferi va xalqaro faoliyat kabi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha baholaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100616 | Инструменты