Ayol JPKning 221-moddasiga asosan gumonlanuvchi tariqasida protsessual tarzda ushlangan. Uning aybli ekanligi sud tomonidan tasdiqlangandan so'ng u 10 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi
Qashqadaryoda o‘gay ona erining bolasini urib, o'ldirib qo'ydi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda turli xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 26-sentabr kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi 32 yoshli ayol turmush o‘rtog‘i (1988-yilda tug‘ilgan erkak) bilan o’zaro nizolashishgan. Shundan so'ng uning voyaga yetmagan, 4 yoshli qizalog'ini urib, alamini olgan.
Oqibatda bola bosh qismidan jiddiy jarohatlangan. Buning natijasida bolaning sog‘ligi keskin yomonlashib, shu kunning o‘zida u vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 27-sentabr kuni tuman IIB Tergov bo’limi tomonidan JKning 126-moddasi (oilaviy zo’ravonlik), 8-qismi, “g” bandi (jabrlanuvchining o’limiga sabab bo’lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ayol JPKning 221-moddasiga asosan gumonlanuvchi tariqasida protsessual tarzda ushlangan. Uning aybli ekanligi sud tomonidan tasdiqlangandan so'ng u 10 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.
Ma’lumot uchun: Kecha, 2-oktabr kuni Senat tomonidan ma’qullangan Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirishga oid Qonunga ko‘ra, bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan jinoyatlar uchun shartli hukm qilish va muddatidan ilgari shartli ozod qilishga yo‘l qo‘yilmaydi!
Alpha version: 0.9.1.19 build 100617 | Инструменты