2025 yil oxirigacha Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida chipta sotuvchi apparatlar o‘rnatiladi va kassa operatori lavozimi shtatlari to‘liq tugatiladi.
Metropoliten xabariga ko‘ra, yopilgan kassalardagi operator lavozimi ish o‘rinlari bosqichma-bosqich qisqartirilmoqda. Jumladan, birinchi bosqich doirasida 204 ta kassa operatori lavozim shtatlari belgilangan normativ huquqiy hujjatlar asosida qisqartirildi.
Avtomatlashtirilgan bankomatlarni metropolitenning barcha bekatlarida yil yakuniga qadar o‘rnatish rejalashtirilgan va buning natijasida, Toshkent metropolitenida kassa operatori va katta operator lavozimlariga bo‘lgan ehtiyoj qolmaydi.
«Toshkent metropoliteni» DUK ma’muriyati tomonidan faoliyat yuritayotgan operator xodimlar uchun yangi qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish rejalashtirilmoqda. Xizmat lavozimi qisqartirilayotgan har bir xodimga, o‘z istak va imkoniyatlaridan kelib chiqib, kasb-hunar o‘rganish kurslarida ishtirok etish taklif qilinadi. Ular buxgalteriya, tikuvchilik, qandolatchilik va shu kabi boshqa yo‘nalishlardagi kurslardan birini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ushbu o‘quv kurslarining to‘lovlari belgilangan tartibda «Toshkent metropoliteni» DUK tomonidan to‘liq qoplab beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82822 | Инструменты