Huawei 1
Qirg‘izistondan noqonuniy olib kelingan 19 kg tilla buyumlar to‘xtatib qolindi

Davlat chegaralarini qo‘riqlash va tovar-moddiy boyliklar kontrabandasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, Farg‘ona tumanida yashovchi, 1991 yilda tug'ilgan va 1993 yilda tug'ilgan ikki nafar fuqaro qo‘lga olinib, ulardan qo‘shni Qirg‘iz Respublikasidan noqonuniy ravishda davlat chegarasi orqali mamlakatimizga olib o‘tilgan taxminiy qiymati 20 mlrd so‘mlik, umumiy og‘irligi 19 kg 119 gr bo‘lgan tilla zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Hozirda olingan daliliy ashyolar ekspertizaga yuborilib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82822 | Инструменты