O'zbekiston elchixonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ko'magida Boku shahrida mushkul vaziyatga tushib qolgan hamyurtimiz Sh.M. Vatanga qaytarildi.
Mazkur insonparvarlik ko'magi O'zbekistonda 30-iyuldan 30-avgustga qadar e'lon qilingan "Vatanga qaytarish" aksiyasi doirasida amalga oshirildi.
O'zbekiston rasmiy vakillari hamyurtimizning Vatanga qaytishi uchun aviachipta xarid qilib berishdi. Sh.M 26-avgust kuni Boku-Toshkent yo'nalishi bo'yicha samolyot orqali yurtimizga kuzatib qo'yildi.
Shu o'rinda ta'kidlash joizki, O'zbekiston elchixonasi Ozarbayjonda bo'lib turgan vatandoshlarimizning huquq va manfaatlarini munosib himoya qilishga alohida e'tibor qaratmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82822 | Инструменты