Toshkent—Andijon yo‘nalishidagi amaldagi poyezd tarkibi yangi elektropoyezdga almashtirildi

Joriy yil 10-sentabrdan 730/729-sonli “Toshkent–Andijon–Toshkent” yo‘nalishidagi amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga zamonaviy tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

730-sonli Toshkent — Andijon yo'nalishidagi poyezd vaqti:

Toshkent-Yo‘lovchi 09:20
Angren 10:25
Pop 12:00
Qo‘qon 12:28
Marg‘ilon 13:00
Andijon 13:35

729-sonli Andijon — Toshkent:

Andijon 15:38
Marg‘ilon 16:11
Qo‘qon 16:43
Pop 17:11
Angren 18:50
Toshkent-Yo‘lovchi 19:53

Elektropoyezd tarkibi:

1-ekonom — 95 o‘rin
2-ekonom — 95 o‘rin
3-ekonom — 72 o‘rin
4-ekonom — 95 o‘rin

10-sentabr kunidan boshlab ToshkentFarg‘ona vodiysi yo‘nalishida harakatlanuvchi qator yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvaliga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90917 | Инструменты