Toshkentda 73,5% ota-onalar maktab avtobuslari tizimi joriy etilishini xohlashmoqda

Toshkent shahridagi maktablarda o‘quvchilarning xavfsiz va qulay qatnovini ta’minlash uchun School Bus tizimini joriy etish bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi

Toshkent shahar YHTEM hozirgacha o‘quvchilar soni ko‘p va tizimga ehtiyoj yuqori deb baholangan 29 ta maktabda so'rovnoma o'tkazgan. Shundan 58 ming 369 nafar o‘quvchining oila a’zolari yoki vasiylari 73,5 foizi maktablar uchun maxsus avtobus qatnovlarini tashkil etishni istagan.Dastlabki natijalarga ko‘ra, o‘quvchilarning:

— 38,5 foizi maktabga piyoda keladi;
— 33,1 foizi ota-onalari tomonidan shaxsiy avtomobilda olib kelinadi;
— 18,3 foizi avtobusdan foydalanadi;
— 5,7 foizi taksidan foydalanadi;
— 3,5 foizi metro orqali qatnaydi;
— 0,9 foizi mikromobil vositalardan foydalanadi.

So‘rov qolgan maktablarda ham davom ettiriladi. Yakuniy natijalar asosida o‘quvchilar oqimi, yo‘nalishlar, ehtiyoj mavjud avtobuslar soni, harakat jadvali, xavfsiz tushirish va olib ketish nuqtalari hamda boshqa tashkiliy masalalar o‘rganiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91018 | Инструменты