IIVning to'rtta mintaqaviy o'quv markazlari Malaka oshirish instituti filiali sifatida qayta tashkil etiladi

Ichki ishlar vazirligining Farg‘ona, Jizzax, Toshkent va Surxondaryo mintaqaviy o‘quv markazlari yuridik shaxs maqomini saqlab qolgan holda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Farg‘ona, Jizzax, Toshkent va Surxondaryo filiali sifatida qayta tashkil etiladi. Bu haqida prezident qarorida so'z boradi. 

Joriy yil 26-avgustda “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash tizimini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Unda 2027-yil 1-yanvardan tashkil etilayotgan filiallar boshliqlari, xodimlari va o‘qituvchilari uchun tegishlicha pul ta’minoti tartibi va miqdorlari qo‘llanilishi ma'lum qilindi.

Shuningdek, institutning Nukus filiali kasbiy tayyorgarlik fakulteti Malaka oshirish instituti Nukus filialining Serjantlar tayyorlash markazi sifatida qayta tashkil etiladi.

Vazirlik va idoralarning harbiylashtirilgan va qorovullik qo‘riqlash bo‘linmalari mutaxassislarini Institut va uning filiallarida o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Uning narxi 1 nafar tinglovchi uchun 1 akademik soatga BHMning 12 foizi miqdorida etib belgilandi.

Keyingi o‘quv yilidan IIV akademiyasi dunyoning top–1000 talik reytingga kirgan oliygohlar hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida takomillashtiriladi.

Jumladan, akademiyada “ta’lim–tadqiqot–amaliyot” integratsiyasini ta’minlash maqsadida maktablar tizimi joriy etiladi. Shuningdek, uning  fakultetlari va kafedralari maqbullashtirilib, ular negizida maktablar va shoʻbalar tashkil etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90915 | Инструменты