O‘zbekistonda qariyb 315,2 ming nafar tadbirkor “Ikkinchi imkoniyat” iqtisodiy amnistiyasidan foydalanib, yil oxirigacha soliq qarzini to‘liq to‘lagan taqdirda, unga hisoblangan penyani hisobdan chiqarishi mumkin
O‘zbekistonda qariyb 315,2 ming nafar tadbirkor “Ikkinchi imkoniyat” iqtisodiy amnistiyasidan foydalanib, yil oxirigacha soliq qarzini to‘liq to‘lagan taqdirda, unga hisoblangan penyani hisobdan chiqarishi mumkin. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu toifadagi tadbirkorlarning shu yil 1-sentabrga qadar shakllangan soliq qarzdorligi 9,5 trln so‘mni tashkil etadi. Unga hisoblangan penya miqdori esa qariyb 1,5 trln so‘mga yetgan.
Hujjatga ko‘ra, tadbirkor amnistiya e’lon qilingunga qadar yuzaga kelgan soliq qarzdorligini 31-dekabrgacha to‘liq to‘lasa, unga hisoblangan penya hisobdan chiqariladi. Shuningdek, mazkur qarzdorlik bilan bog‘liq ijro ishlari ham tugatiladi.
Savdo-sanoat palatasi aniqlik kiritishicha, ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun soliq qarzdorligining asosiy summasi 2026-yil 31-dekabrdan kechiktirmay to‘liq to‘lanishi kerak.
Shuningdek, agar tadbirkor avval taqdim etilgan soliq hisobotidagi xatolarni mustaqil ravishda tuzatsa va qo‘shimcha hisoblangan soliqni yil oxiriga qadar to‘liq to‘lasa, ushbu summaga penya hisoblanmaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90916 | Инструменты