Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi.

Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini yakunlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, xorijdagi yetakchi ta’lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak O‘zbekiston investitsiya salohiyati "roud-shousi" va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetakchi xorijiy kompaniyalar va moliyaviy institutlarni jalb qilgan holda yuqori saviyada o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi huzurida Toshkent xalqaro tijorat sudini ishga tushirishning amaliy jihatlari, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash, iqtisodiy rivojlanish sohasida fundamental tadqiqotlar olib borish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 43005 | Инструменты