Shuningdek, marosimda Afsonaviy aktyor va rejissyor Charli Chaplinning nabirasi Kiara Chaplin rossiyalik aktrisa Leonela Manturovaga tarixiy filmlarda kuchli ayol obrazlarini mahorat bilan gavdalantirgani uchun “Oltin hassa” (Golden Cane) mukofotini topshirdi.
Kecha, 23-oktabr kuni Toshkent “The Hollywood Reporter” nashri bilan hamkorlikda “Chaplin Awards” mukofotlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Marosimda Afsonaviy aktyor va rejissyor Charli Chaplinning nabirasi Kiara Chaplin rossiyalik aktrisa Leonela Manturovaga tarixiy filmlarda kuchli ayol obrazlarini mahorat bilan gavdalantirgani uchun “Oltin hassa” (Golden Cane) mukofotini topshirdi.

Shuningdek, oʻzbek kinosining taniqli namoyandasi, rejissyor Shuhrat Abbosov kinematografiya rivojiga qoʻshgan hissasi uchun taqdirlandi. Mukofotni uning oʻgʻli Eljon Abbosov qabul qilib oldi. U ushbu e’tirof nafaqat oilasi, balki Oʻzbekiston kino san’atining xalqaro miqyosda tan olinishi uchun ham muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Bundan tashqari, “The Hollywood Reporter” tahririyati kino sanoatiga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun Boris Xanchalyanni Featured Producer maqomi bilan e’tirof etdi.

Tadbirning yakuniy qismida tomoshabinlarga 2025-yilda Oʻzbekistonda premyerasi boʻlib oʻtgan “Haqqim bor” filmi namoyish etildi. Unda zoʻravonlikka duch kelgan bolalarning orzu-intilishlari, ichki kechinmalari va jamiyatda oʻz oʻrnini topishga boʻlgan intilishlari ta’sirchan tarzda yoritilgan.
Eslatib oʻtamiz, bugun, 24-oktabr kuni Toshkentda “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” tantanali marosimi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102414 | Инструменты