O‘zbekiston robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo'ldi

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida 200 ga yaqin davlat vakillari ishtirokida o‘tayotgan FIRST Global Challenge 2026 xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, mutlaq chempionlikka erishdi.

Yoshlar ishlar agentligi ma'lumotiga ko'ra, muhandislar 16 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 637 ball bilan musobaqa rekordini qayd etdi.

Ma’lumot uchun, ushbu musobaqa har yili FIRST Global tashkiloti tomonidan o’tkaziladigan robototexnika olimpiadasi hisoblanadi. Unda turli mamlakatlardan kelgan yuqori sinf o’quvchilari (14-18 yoshli) tanlab olingan muayyan global muammoning muhandislik yechimi ustida bosh qotirishadi.

Masalan, bu yilgi musobaqa o’rmon yong’inlarining oldini olish, oqibatlarini yumshatish hamda tabiatni qayta tiklash muammosiga bag’ishlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101315 | Инструменты