Joriy yilning 21 fevral kuni soat 17:35larda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani 7-sonli Tergov hibsxonada saqlanayotgan, Kattaqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan ayblanib qamoqqa olingan, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro X.Q. sog‘ligi yomonlashganligi sababli Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasiga olib borish vaqtida, shu kuni soat 18:00larda vafot etgan.
Birlamchi sud-tibbiyot tashxisga ko‘ra marhumning vafoti “2-tip qandli diabetning og‘ir asoratlari” natijasida yuzaga kelgan. Badanida hech qanday jarohat izlari aniqlanmagan.
Maʼlumot o‘rnida, 2026 yilning 18 fevral kuni ayblanuvchi X.Q. kasalligi sababli Kattaqo‘rg‘on shahar Tibbiyot birlashmasiga olib chiqilib, akasi X.X.ga xabar qilingan va ularga shifoxonada qo‘shimcha ravishda uchrashuv tashkil etilgan. Ayblanuvchi Q.X. kerakli muolajalardan so‘ng 2026 yil 20 fevral kuni Kattaqo‘rg‘on shahar Tibbiyot birlashmasi shifokorlarining xulosasiga asosan sog‘lig‘i qoniqarli bo‘lganligi sababli hibsxonaga qaytarilgan.
Hozirda holat prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22403 | Инструменты