Qozog'istondan O'zbekistonga yangi yo'nalish bo'yicha aviaqatnovlar yo'lga qo'yildi

Qozog‘istonning yirik aviakompaniyalaridan biri — FlyArystan Olmaota–Urganch yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozini amalga oshirdi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Turizm qo'mitasi xabar bermoqda.

Parvozlar har payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi, davomiyligi — 2 soat 35 daqiqa.

Ilk parvoz bilan Xorazmga Qozog‘istonlik 10 ta turfirma vakillari tashrif buyurdi. Ular uchun 3 kunlik infotur tashkil etilmoqda: dastur doirasida mahalliy turoperatorlar ishtirokida B2B uchrashuvlar va workshop o‘tkaziladi.

"Bunday infoturlar Xorazm viloyatini Qozog‘iston turizm bozori uchun yanada ochib, ikki mamlakat turfirmalari o‘rtasida bevosita hamkorlik yo‘lga qo‘yish va o‘zaro sayyohlar almashinuvini oshirishga xizmat qiladi",-deya yozmoqda tashkilot.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90521 | Инструменты