Huawei 2
Qizilqum davlat qoʼriqxonasida oʼrnatilgan fotoqopqonga Oʼrta Osiyo qunduzi muhrlandi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tasarruffidagi Qizilqum davlat qoʼriqxonasida oʼrnatilgan fotoqopqonga Oʼrta Osiyo qunduzi muhrlandi.

Oʼrta Osiyo qunduzi yoʼq boʼlib ketayotgan, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil roʼyxati va Oʼzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan sutemizuvchi hayvon turi hisoblanadi. Togʼ va tekislikdagi daryolar, koʼllarda hayot kechiradi. 

Baliqqa boy chuchuk suv havzalari yashashi uchun qulay muhit hisoblanadi. Oʼtgan asrning oʼrtalarigacha Sirdaryo, Zarafshon, Amudaryo va uning quyilishida keng tarqalgan. 

Soʼnggi yarim asrda areali keskin qisqargan, ushbu tur faqat Hisor-Oloy togʼi daryosidagina qayd etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga