PISA 2025da asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan. Matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda.
O'zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan 91 ta davlatda o'tkazilgan PISA 2025 xalqaro baholash dasturida 2-marta ishtirok etdi. Bugun uning natijalari e’lon qilindi. Bu haqda maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi ma'lumot berdi.
Unga ko'ra, xalqaro tashkilot tomonidan tasodifiy tanlab olingan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchilari ishtirok etgan. Unda tabiiy fanlar bo‘yicha O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plab, 48-o‘rinni egalladi.
Taqqoslash uchun, PISA 2022da tabiiy fanlar bo‘yicha natija 355 ball va 80-o‘rinni tashkil etgan. Shu tariqa, 2025-yilda natija qariyb 83 ballga oshgan.
Ma'lumot o'rnida, PISA 2025da asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan. O‘zbekistonlik o‘quvchilarning ushbu yo'nalishda natijalari o‘sdi.
PISA 2025 tadqiqotida 2-daraja bazaviy daraja hisoblanadi. Bu daraja o‘quvchining kundalik hayotda zarur bo‘lgan asosiy bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay olishini anglatadi. Bazaviy daraja va undan yuqori natija ko‘rsatganlar 2022-yil — 19% bo'lgan bo'lsa, 2025-yil — 65% ga ya'ni 46% o‘sishdi
Alpha version: 0.9.1.19 build 90816 | Инструменты