O'zbekistonda profilaktika inspektorlari YHQ buzilishi bo'yicha 4 turdagi ma'muriy jazo qo'llash vakolatiga ega bo'ladi

Prezidentning 2026-yil 4-sentabrda "Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatiga yangicha ishlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari faoliyati yagona tizim asosida tashkil etiladi. Bunda fuqarolarning murojaat va xabarlariga tezkor munosabat bildirish, aholi bilan ochiq va bevosita muloqot qilish hamda huquqbuzarlikka sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal etishga ko‘maklashish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘ladi.

Shuningdek, hududlarda huquqbuzarliklarning sabablari barvaqt aniqlanib, bartaraf etiladi, xavf guruhiga kiruvchi shaxslar bilan manzilli profilaktik ishlarni olib boriladi.

Qarorda profilaktika inspektorlarining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi ham nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, profilaktika inspektorlarining vakolatlari kengaytiriladi. Ular:

— o‘z vakolati doirasida birinchi marta sodir etilgan 17 turdagi kam ahamiyatli ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy ogohlantirish qo‘llashi;

— mahalla ko‘chalari va yo‘laklarida yo‘l harakati qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq 4 turdagi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llashi;

— tuman (shahar) ichki ishlar organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosarlari vakolatiga kiruvchi 9 turdagi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishi va tegishli ma’muriy jazo qo‘llashimumkin bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90811 | Инструменты