Qashqadaryoda yangi “Patron” gazkondensat koni ochildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida gaz portlashi sodir bo'lgani gumon qilingan video tarqaldi. Unda haqiqatan ochiq maydonda gaz katta o'lchamda alangalanayotgani ko'rinadi. Holat bo'yicha Energetika vazirligi rasmiy munosabat bildirdi

Ma'lum qilinishicha, ushbu xabar mutlaqo haqiqatga to'gri kelmaydi, videoda aks etgan holat viloyatning Mirishkor tumanida yangi “Patron” gazkondensat konida qidiruv qudug‘ini sinovdan o‘tkazish va ishga tushirish jarayoni hisoblanadi.

Vazirlikning aniqlik kiritishicha, kondagi 1-sonli qidiruv qudug‘ini burg‘ilash ishlari 2025-yilda Xitoy kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan 3D seysmik tadqiqotlar natijalari asosida boshlangan.

Burg‘ilash ishlari yakunlanib, 3296–3339 metr oraliqdagi qatlamlarni mahsuldorlikka sinash natijasida tabiiy gaz olindi. Olingan gazning dastlabki hajmi sutkasiga 500 ming metr kubni tashkil etmoqda. Mazkur kon nisbatan kichik bo‘lib, uning zaxiralari taxminan 2,5 mlrd kub metr tabiiy gazni tashkil etadi.

"Yangi quduqni sinovdan o‘tkazish jarayonida gazni maxsus qurilma orqali yoqib ko‘rish — quduqning mahsuldorligi, bosimi va ishlash parametrlarini aniqlashga qaratilgan odatiy texnologik jarayon hisoblanadi. Shu bois videoda aks etgan olovli jarayonni portlash yoki avariya sifatida talqin qilish asossizdir",-deyiladi xabarda.

Hiqiy gaz qazib chiqarish ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida “O‘zLITIneftgaz” AJ mutaxassislari tomonidan gazodinamik va gazkondensat tadqiqotlari olib borilmoqda. “Patron” konidagi 1-sonli qidiruv qudug‘i 2 sentabr kuni ishga tushirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90912 | Инструменты