Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi Serbiyaga rasmiy tashrif bilan bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Belgrad shahriga bordi.

Serbiya havo hududida O‘zbekiston yetakchisining samolyotiga mezbon mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi.

Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va uning rafiqasi kutib oldi.

Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarilib, Faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari bugun boshlanadi. Dasturga muvofiq, O‘zbekiston – Serbiya oliy darajadagi muzokaralari hamda ikki mamlakat rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ularning yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90811 | Инструменты