Shu bilan birga dual ta’lim shakliga qabul ish beruvchi korxona buyurtmasiga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida har yili 1 oktyabrga qadar amalga oshiriladi
Joriy yil 29-sentyabr kuni Prezidentning “Oliy ta’limda dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda ish beruvchi korxonalarning buyurtmalari asosida va bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashning tizimi joriy etiladi.
Bunda dual ta’lim shakliga qabul amalga oshiriladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda OTM tomonidan belgilanadi.
Shu bilan birga dual ta’lim shakliga qabul ish beruvchi korxona buyurtmasiga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida har yili 1 oktyabrga qadar amalga oshiriladi.
Dual ta’lim OTM, korxona va talaba o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan tashkil etiladi:
- korxona zimmasiga talabaga o‘qish davri davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda oylik ish haqi to‘lash;
- talabaning zimmasiga bitirgandan so‘ng kamida 2 yil mazkur korxonada ishlab berish majburiyatlari yuklanadi.
Dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan ayrim talabalarga ijtimoiy stipendiya to‘lanadi
Farmonga ko'ra, dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan talabalarga ijtimoiy stipendiya to‘lanadi.
Muhandislik ishi, ishlab chiqarish va ishlov berish, arxitektura va qurilish, qishloq xo‘jaligi ta’lim sohalari bo‘yicha dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini 2-kursdan boshlab davlat granti kvotalari doirasida davom ettirish imkoniyati yaratiladi.
Talabaning dual ta’lim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi.
2027 yil 1 yanvardan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash istagini bildirgan korxonalar uchun talabalarga biriktiriladigan murabbiylarni tayyorlash maxsus kurslarini tashkil etiladi.
2027/2028 o‘quv yili yakunidan boshlab dual ta’lim shakli bo‘yicha OTM va buyurtmachi korxonalarning samaradorlik reytingi yuritiladi.
Eng yuqori natija ko‘rsatgan 3 tadan OTM va korxonalar reytingdagi o‘rniga mos ravishda 1, 2, 3 milliard so‘mdan rag‘batlantiriladi.
Dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashda korxonalarning faol ishtiroki qo‘llab-quvvatlanadi
2027 yil 1 yanvardan korxonalarga quyidagi yo‘nalishlarda dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan har bir talaba uchun to‘langan ish haqi xarajatlarining 50 foizi o‘quv yili yakunida subsidiya shaklida qoplanadi:
Korxonalarga dual ta’lim shakliga qabul qilgan talabalar soniga mutanosib ravishda “Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi” platformasida qo‘shimcha ballar beriladi.
Korxonalar tomonidan OTM hududida dual ta’lim shakli uchun amaliyot bazasini tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun olib kelingan jihozlar, uskunalar, laboratoriya jihozlari uchun bojxona boji stavkasi 2030 yil 1 yanvarga qadar 1 foiz etib belgilanadi.
Dual ta’lim dasturi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun korxonalar tomonidan xarid qilingan o‘quv uskunalari va jihozlarga nisbatan 3 yil muddatga tezlashtirilgan amortizatsiya qo‘llash huquqi beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100322 | Инструменты