Huawei 1
O'zbekistonda yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning Skandinaviya mamlakatlariga eksport hajmi ko'paytiriladi

Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida eksport faoliyati bilan shug'ullanuvchi O'zbekiston tadbirkorlari delegatsiyasining Shvetsiya, Norvegiya va Daniyaga biznes-missiyasi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Yurtimiz delegatsiya tarkibidan "Universal Freezen Foods" va "Uzterminal" korxonalari, shuningdek, ularning Latviyadagi biznes-sherigi –"Baltic Shipping" kompaniyasi vakillari o'rin oldi.

Safar davomida Skandinaviyaning "Matvärlden", "Food Collective Company", "Alwaid", "Qlok Bygg AB", "Exotic Fruits Company" kabi yetakchi kompaniyalari va savdo tarmoqlari mutasaddilari bilan samarali muzokaralar o'tkazildi.

Tomonlar Shvetsiya bozoriga O'zbekistonda yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni keng targ'ib qilish, jumladan oziq-ovqat va kimyo mahsulotlari bo'yicha eksport shartnomalarini tuzish, savdo tarmoqlariga muzlatilgan va qadoqlangan meva-sabzavotlarni yetkazib berish, Shvetsiya va Norvegiyada O'zbekiston savdo uylarini tashkil etish bo'yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Biznes-missiya davomida o'zbekistonlik tadbirkorlar Skandinaviya mamlakatlari bozorlarining o'ziga xos xususiyatlari va transport-logistika salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51420 | Инструменты