Hozirda mazkur holatlar yuzasidan barcha qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Afg‘oniston tomonidan Samarqand shahrida barpo etilayotgan Imom Buxoriy majmuasi qurilishi uchun yuborilgan 16 ta yuk mashinasidagi Hirot oq marmari O‘zbekiston tomonidan qabul qilib olindi.
Tomonlar Toshkent va Ulan-Bator o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam yo‘lovchi qatnovlarini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.
Tersak qishlog‘i zamonaviy infratuzilma va mahalliy madaniyat uyg‘unligini mujassam etgan holda, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qiziqarli manzilga aylanishi kutilmoqda.
Bog‘ot tumanidagi uylardan birining dahlizi qulab tushgan. IIB hamda FVBning maxsus laboratoriya xizmatlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilganida hodisa joyida hech qanday fazo jismlari aniqlanmagan.
Yo‘llarda bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kengaytirilganiga qaramay, ular hali ham yetarli emas. Bu masalani har tomonlama ko‘rib chiqish kerak, dedi Oliy Majlisning Bolalar huquqlari bo‘yicha vakili Surayyo Rahmonova IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rahbari Sherzod Ibragimov bilan uchrashuvda.
Bosh prokuratura tomonidan Toshkent viloyatida madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishga qaratilgan nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Tekshirishda bir qator noyob arxeologiya yodgorliklariga jiddiy ziyon yetkazilgani aniqlandi.
Yong‘inni keltirib chiqargan sabablar hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mazkur lavozimga Madaniyat vazirligining “Taʼlim sohasini muvofiqlashtirish” bo‘limi boshlig‘i tayinlandi.
Rossiyada ota-onasidan ajralgan voyaga yetmagan bola Toshkentga olib kelindi va ijtimoiy yordam markaziga joylashtirildi.
Ulardan biri Misrda qonuniy asosda bo‘lib turganini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganidan so‘ng qo‘yib yuborilgan.
Yevropa Ittifoqi 17-yangi sanksiyalar paketi bo‘yicha kelishib oldi. Ular orasida BAA, Turkiya, Serbiya, Vetnam va O‘zbekiston kompaniyalari ham bor.
Muzokaralar davomida O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish, xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimini oshirish, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan xususiy tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov boshchiligidagi mamlakatimiz ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiyaning Kobulga safari doirasida O'zbekiston-Afg'oniston biznes-forumi va "V2V" shaklidagi uchrashuvlar tashkil etildi.
Yevropa Ittifoqi elchisi Toyvo Klaarning so‘zlariga ko‘ra, YeI, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash uchun Bryusselga tashrifini kutmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62205 | Инструменты