Huawei 1
Erdo‘g‘an KIP haqida: Terror va zo‘ravonlik davri nihoyasiga yetdi

Turkiyada terror, qurol, zo‘ravonlik va jinoyat davri tugadi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 14 may kuni Adolat va taraqqiyot partiyasi parlamentdagi fraksiyasi yig‘ilishida maʼlum qildi.

Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) tarqatib yuborilganini eʼlon qilib, qurolini tashlaganidan so‘ng, mamlakat terrorizmni yo‘q qilish va barqaror tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash yo‘lidagi saʼy-harakatlarning yangi bosqichiga kirdi.

«Terrorchi tashkilotning Suriya va Yevropa yacheykalari bu haqiqatni tan olishi va tarqatib yuborish va qurollarini tashlash jarayoniga qo‘shilishi juda muhim», dedi Turkiya rahbari.

Turkiya prezidentining aytishicha, KIP tarqatib yuborish jarayonining kaliti berilgan vaʼdalarni bajarishdir. U Turkiya Milliy razvedka tashkiloti (MIT) ularning bajarilishini diqqat bilan kuzatib borishini qayd etdi.

Maqsadlarini Turkiyadagi kurdlarning milliy huquqlari uchun kurash va kurd davlatini barpo etish deb eʼlon qilgan Kurdiston ishchilar partiyasi 1974 yil noyabrda tashkil topgan. 1984 yildan beri Turkiya hukumatiga qarshi qurolli kurash olib borayotgan edi. 40 yil ichidagi qurolli mojarolar davomida 40 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51503 | Инструменты