Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiya Respublikasiga jo'nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

Belgrad shahriga tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakat rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston – Serbiya koʻp qirrali hamkorligini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi. Sammit yakunlari boʻyicha salmoqli hujjatlar toʻplamini qabul qilish rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты