O'zgidromet 7-11-sentabr kunlari uchun tahmin qilinayotgan ob-havo sharoiti haqida xabar berdi. Unga ko'ra, ushbu ish haftasi davomida respublika hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo kuzatiladi.
Faqat ayrim kunlarda Qoraqalpoiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va 10-11 sentabr kunlari esa Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Hafta davomida harorat foni kechalari 15-20 daraja, kunduz kunlari 32-37 daraja atrofida nisbatan tekis bo‘lishi kuzatiladi. Respublikaning shimoli-g‘arbida kunduzgi harorat 30-33 darajadan 25-28 darajagacha biroz pasayadi.
7 va 11 sentabr kunlari respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 17-20 daraja bo‘ladi, kunduz kunlari 32-34 darajadan 35-37 darajagacha o‘zgarib turadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты