Bu chiptalarni belgilanganidan yuqori narxda qayta sotish va qalbakilashtirishning oldini olishga qaratilganligiga bog'liq. Shuningdek, reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyum va boshqa mahsulotlarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzon narxda sotish orqali odamlarni ommaviy tadbirga jalb qilish taqiqlanadi.
Bugun, 5-noyabr kuni Ichki ishlar vazirligi tomonidan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish tartib-taomillarini takomillashtirishga oid hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Loyihada nazarda tutilishicha, 100 va undan ortiq kishi qatnashadigan konsert, sport musobaqalari, festivallar va boshqa ommaviy tadbirlar uchun yangi qoidalar belgilanadi.
Jumladan, reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyum va boshqa mahsulotlarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzon narxda sotish orqali odamlarni ommaviy tadbirga jalb qilish taqiqlanadi.
Shuningdek, madaniy tadbirlar, koʻngilochar-tomosha dasturlari va sport musobaqalariga chiptalar elektron shaklda sotiladi. Bu chiptalarni belgilanganidan yuqori narxda qayta sotish va qalbakilashtirishning oldini olishga qaratilganligiga bog'liq.
Shu bilan birga, ruxsatnoma olinmaguncha tashkilotchiga tadbir haqida e’lon berish, reklama qilish, uning sanasi va joyini ma’lum qilish hamda chipta sotish taqiqlanadi.
Loyihada ko'rsatilishicha, tadbirlarda odamlar oqimini nazorat qilish, ularning ommaviy toʻplanish va zichlashuvini hamda bu bilan bogʻliq xavflarni barvaqt aniqlash uchun dronlardan foydalaniladi.
Qonunchilikka koʻra, ommaviy tadbirlar qoidalarini buzganlarning tadbirlarga kirishini jinoyat ishlari boʻyicha sud vaqtincha cheklashi mumkin. 2027-yildan bunday shaxslarning elektron hisobi yuritiladi.
Muhim: ushbu qoidalar yigʻilish, miting, koʻcha yurishlari va namoyishlarni, shuningdek, toʻy, oilaviy, yubiley tadbirlari va vafot etganlar xotirasiga bagʻishlangan aza marosimlarini oʻtkazishga tatbiq etilmaydi.
Muhokama 20-noyabrga qadar davom etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110517 | Инструменты