O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Taʼlim tashkilotlarini litsenziyalash bo‘limi yetakchi mutaxassisi Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi nufuzli nodavlat oliy taʼlim muassasasining Surxondaryo viloyatida filialini ochish bo‘yicha vazirlik tomonidan litsenziya berish masalasini qisqa muddatda ijobiy hal qilib berish evaziga mazkur universitetning mansabdor shaxsidan 100 ming AQSH dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, vazirlikning yetakchi mutaxassisi so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30614 | Инструменты