U bunga qadar “Issiqlik elektr stantsiyalari” AJ boşqaruvi raisining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Ozod Odilovich Axunov “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi.
Ozod Axunov 1987-yil 27-sentabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2010-yilda Toshkent davlat texnika universitetining bakalavr, 2012-yilda Toshkent davlat texnika universitetining magistratura bosqichini tamomlagan.
U faoliyati davomida “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” unitar korxonasi, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati va Energetika vazirligi Ishlab chiqarish quvvatlarini muvofiqlashtirish boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan.
Bungacha Axunov 2024-yildan buyon mazkur kompaniya boshqaruvi raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, kooperatsion aloqalarni kengaytirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112515 | Инструменты