“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli 3-sonli Gidrometallurgiya zavodida faoliyat yurituvchi 2 nafar smena ustasi va 1 nafar bo‘linma apparatchisi oson boylik ortirish niyatida o‘zaro oldindan til biriktiradi. Ular kelgusida talon-toroj qilish maqsadida tarkibida ko‘p miqdorda oltin moddasi mavjud bo‘lgan og‘irligi 2 kg yarim tayyor mahsulotni zavod ichidagi havo tozalash quvuriga yashirib qo‘yishadi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Oltin ilinji”dagi ushbu shaxslarning noqonuniy harakatlariga nuqta qo‘yildi.
Tegishli xulosaga ko‘ra, mazkur yarim tayyor mahsulot tarkibida jami 1 kg 523 gramm sof oltin borligi aniqlanib, uning bahosi 2 mlrd 102 mln so‘mni tashkil etadi.
Holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25, 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51715 | Инструменты