Joriy yilning 10 oyida 18 970 ta ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvining oldi olindi, 1 689 ta mavjud holat bartaraf etildi. Qonunchilik talablarini buzish bilan bogʻliq 322 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
2026-yil yanvar–oktyabr oylarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari tomonidan 5 368 ta xizmat tekshiruvi oʻtkazildi. Ularning natijalari boʻyicha xodimlarga nisbatan 594 ta jinoiy, 160 ta ma’muriy va 4 604 ta intizomiy jazo choralari qoʻllanildi. 1 565 ta holatda mehnat shartnomalari bekor qilindi.
Shuningdek, davlat xaridlari sohasida 57,5 milliard soʻmlik 24 ta xaridda manfaatlar toʻqnashuvi, 239,9 milliard soʻmlik 90 ta xaridda esa affillanganlik bilan bogʻliq qonunbuzilishlar aniqlanib, bartaraf etildi.
Joriy yilning 10 oyida 18 970 ta ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvining oldi olindi, 1 689 ta mavjud holat bartaraf etildi. Qonunchilik talablarini buzish bilan bogʻliq 322 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Brifingda, shuningdek, 5 ta vazirlik va tashkilotda oʻtkazilayotgan huquqiy eksperiment natijalari ham taqdim etildi. Jumladan, Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida davlat xaridlari va tibbiy jihozlar narxlarini qayta koʻrib chiqish orqali 247 milliard soʻm byudjet mablagʻi tejab qolindi.
Qurilish sohasida elektron tenderlar natijasida qariyb 1,5 trillion soʻm iqtisod qilindi. «Oʻzbekneftgaz» AJda esa raqamli nazorat va videokuzatuv tizimlarini joriy etish natijasida 2025 yilda zarar bilan ishlagan neft bazalari 2026 yilning 9 oyida 44 milliard soʻm sof foydaga erishdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111821 | Инструменты