Hozir Xalq bankining Uzcard va Octobank’ning Humo kartalarini xizmatga ulash mumkin. Markaziy bank boshqa banklar kartalari uchun ham keyinchalik bu imkoniyat yaratilishini qo'shimcha qildi.
17-noyabrdan O‘zbekistonda Uzcard va Humo bank kartalarini Apple Pay xizmatiga ulash imkoniyati yaratildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
Dastlabki bosqichda Xalq banki chiqargan Uzcard hamda Octobank muomalaga kiritgan Humo kartalari xizmatga ulandi.
Mijozlar kartalarini Apple Wallet ilovasiga qo‘shib, iPhone, Apple Watch va boshqa mos Apple qurilmalari orqali kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
Joriy yil oktabr oyida AQSh davlat kotibi Marko Rubio O'zbekistonga tashrif buyurdi. Shuning doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH o‘rtasidagi “C5+1” formatidagi tadbirlar o'tkazilib, unda O‘zbekistonda Google Pay xizmati ishga tushirilishi mumkinligi aytilgandi.
Shundan so'ng, 27-oktabr kuni O‘zbekistonda Apple Pay rasman ishga tushirilgan edi. Dastlab xizmat ayrim tijorat banklarining Visa va Mastercard kartalari uchun joriy etilgan. Shu kuni Markaziy bank Uzcard va Humo kartalarini ham tez orada Apple Pay’ga ulash imkoniyati yaratilishini ma’lum qildi.
Kelgusida boshqa banklar chiqargan milliy to‘lov tizimlari kartalarini ham xizmatga ulash imkoniyati bosqichma-bosqich kengaytiriladi. Bu banklar va to‘lov tizimlarining texnik tayyorgarligiga bog‘liq bo‘ladi.
Avvalroq, o‘zbekistonliklar Cardblock orqali 278,3 mlrd so‘mlik firibgarlik holatlari haqida murojaat qilgani haqida yozgandik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111821 | Инструменты