Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘smirlarning jismoniy faolligiga oid yangi hisobotini e’lon qildi. Tahlil 140 mamlakatdagi 3,2 milliondan ortiq respondent qatnashgan 389 ta so‘rov natijalariga asoslangan.
Nega bu biz uchun muhim?
Muntazam jismoniy faollik bolalarning suyak va mushaklari rivojlanishini, yurak-qon tomir salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, fikrlash va o‘rganish qobiliyatiga, ruhiy salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xo‘sh, bola kun davomida qancha va qanday harakat qilishi kerak? JSST bu borada quyidagilarni tavsiya etadi.5–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlar kuniga kamida bir soat o‘rtacha yoki yuqori darajada jismoniy faol bo‘lishi lozim. Faollikning asosiy qismini yurak urishi va nafas olishni tezlashtiradigan aerob harakatlar tashkil etishi kerak. Haftasiga kamida uch kun mushak va suyaklarni mustahkamlovchi mashqlar bilan shug‘ullanish muhim.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111821 | Инструменты