Huawei 1
Komil Allamjonov milliy kontent yaratish bo‘yicha nodavlat teleradiokanallar vakillari bilan uchrashdi

Prezident administratsiyasi Axborot siyosati depertamenti rahbari Komil Allamjonov nodavlat teleradiokanallar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda milliy kontentni yaratish bo‘yicha muammolar va ularga yechim topish masalasi muhokama qilingan.

Milliy kontent nima? 

Kontent o‘z-o‘zini ifoda etish, tarqatish, marketing va yoki nashr etish uchun nutq, yozuv yoki har xil sanʼat turlari kabi biror-bir vosita orqali ifodalanishi kerak bo‘lgan axborot vositasi. Kontent siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy, taʼlimga oid yoki ko‘ngilochar mavzularda bo‘lishi mumkin.

Xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali berilayotgan tajovuzkor g‘oyalarga milliy manfaatlar inobatga olingan asarlar va axborotlar bilan javob qaytarish — milliy kontent yaratish degani. Yaʼni, milliy kontent bu — O‘zbekiston ichidagi sifatli mediamakon.

O‘zbekiston milliy kontentni yaratish va rivojlantirish masalasiga katta eʼtibor qaratyapti. Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 13-yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida milliy kontent masalasiga alohida to‘xtalib, shunday degan edi:

“Agar biz O‘zbekiston axborot makonida milliy kontent yaratishni o‘z qo‘limizga olmas ekanmiz, dunyodagi voqealarga milliy manfaatlarimiz nuqtayi nazaridan baho bermas ekanmiz, bu ishlar xorijdan turib amalga oshirilishiga imkon yaratib bergan bo‘lamiz. Chunki odamlardagi yangilik, tahliliy maʼlumotlar, real voqealarga bo‘lgan ehtiyojni biz to‘ldirmas ekanmiz, buni boshqalar qiladi. Bunga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga