Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz IIV va Bosh prokuraturaga murojaat qildi
Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi axborot xizmatining ma'lum qilishcha, markaz joriy yilning 30 may kuni Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-sonli ichki ishlar bo'limi xodimlari tomonidan, ish yurituvidagi ariza yuzasidan ichki ishlar bo'limiga olib kelingan fuqaro A. Abdukarimov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga yotqizilgani va vrachlar tomonidan ko'zdan kechirish davomida uning badanida og'ir tan jarohatlari mavjudligi aniqlangani, unga shifokorlar tomonidan zarur tibbiy yordam ko'rsatilgan bo'lishiga qaramasdan, 11 iyun kuni vafot etgani bilan bog'liq holatni qat'iy qoralaydi.
Marhumning oila a'zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Mas'ul vazirlik va tashkilotlardan kelajakda jinoyatchilikning oldini olish bo'yicha aniq choralar ko'rilishini talab qilamiz.
Bu fojiali holat haqida OAV va Internetda xabar tarqalgani zahoti Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.T. Yo'ldoshevga va O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonovga rasmiy xat bilan murojaat qildi, deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52800 | Инструменты
Assalomu alaykum, bolani o'z onasidan himoya qilib bo'ladimi. Onasi qizini juda azob bermoqda shu bo'yicha kimdan javob olsa bo'ladi, faqat javob sirli bo'lsin iltimos