Huawei 1
Marg‘ilonda “O‘rta asrlarda Marg‘ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati” mavzusidagi xalqaro forum o‘tkaziladi

Joriy yilning 29-may kuni turizm infratuzilmasini rivojlantirish, turistlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini takomillashtirish hamda jozibadorligini oshirish maqsadida Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida “O‘rta asrlarda Marg‘ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati” mavzusida ko‘rgazma va ilmiy-amaliy konferensiyani o‘z ichiga olgan xalqaro Forum bo‘lib o‘tadi.

Forum Turizm qo‘mitasi, Farg‘ona viloyati hokimligi, viloyat Turizm boshqarmasi, “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Ilmiy-amaliy konferensiya doirasida nomoddiy madaniy meros namunalarini “tayyorlash-o‘rgatish-tiklash-saqlash-ommalashtirish” yaxlit uzluksiz tizim asosida “Hunarmandchilik” markazida adras mahsulotlari buyumlarini tayyorlash “ustoz-shogird” tamoyili asosida yoshlarga o‘rgatish, ilmiy tadqiqotlar, ko‘rgazma va namoyishlar o‘tkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52903 | Инструменты