Bugun, 27-may kuni soat 12:50 larda Jizzax viloyati, Zomin tumani, “Duoba” MFYning yuqori tog‘ va adirlikllarida kuzatilgan jala yomg‘irlar natijasida sel oqimlari yuzaga kelgan. Ushbu sel oqimlari soy o‘zaniga sig‘may mahalla hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lining bir qismiga loyqa va turli jinslarni oqizib kelib, to‘sib qo‘ygan. Oqibatida ushbu avtomobil yo‘lida transport vositalarining qatnovi vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Zudlik bilan hadisa joyiga FVV, IIV xodimlari, mahalliy hokimiyat va FVDT tarkibiga kiruvchi korxona, tashkilotlar kuch va vositalari yetib borib, muhandislik texnikalari yordamida sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Hodisa oqibatida fuqarolar, aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari va chorva mollariga zarar yetmagan.
Hozirda qisman avtomobillar harakati yo‘lga qo‘yilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52903 | Инструменты