Huawei 1
Hafta davomida harorat +20 darajagacha tushadi

Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi Janubiy Qozog‘iston ustidagi yuqori siklon bilan bog‘liq bo‘lgan salqin va nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Dushanbaning birinchi yarmida Navoiy viloyati shimolida, kechga tomon, seshanba kechasi va ertalab Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 16 sentabr kuni kechqurundan 19 sentabr kuni ertalabgacha tanaffus bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda butun ish haftasi davomida tanaffus bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 16 sentabr kuni ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir kuchli yog‘adi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.

Havo harorati asta-sekin pasayadi va hafta o‘rtasiga kelib +20…+25 darajani tashkil etadi. 19 sentabrdan salqin havo massalari respublika hududidan chekina boshlaydi va harorat 2–3 darajaga ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15 sentabrda kechqurun, 16 sentabrda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol shimoli-sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, 10–12 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo harorati +27…+29 daraja bo‘ladi, 16–18 sentabrda +20…+25 darajagacha pasayadi, 19 sentabrda +25…+27 daraja bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91514 | Инструменты