Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda $3 mlrdlik 20 ta yangi loyihani ko‘rib chiqmoqda, deya xabar berdi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
ISSV rahbari Laziz Kudratov Islom taraqqiyot bankining Almati mintaqaviy markazi rahbari Ali Muhammad Xon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv ITB missiyasining O‘zbekistonga uch kunlik tashrifi yakuni bo‘lib, unda mehmonlar amalga oshirilayotgan loyiha va tashabbuslar, investitsiya imkoniyatlari va amaldagi dasturlar bilan batafsil tanishdi.
Suhbat chog‘ida tomonlar hamkorlikdagi ishlarning bugungi holati va istiqboldagi rejalarni atroflicha muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida istiqbolli investitsiya loyihalari dasturi imzolanib, ularning ro‘yxati tasdiqlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52322 | Инструменты