G'afur G'ulom ko'krak nishoni ilk marta tantanali topshirildi
Yoshlarning ma'naviy dunyosini boyitish, mutolaaga oshno etish va adabiyotga hurmatini oshirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti G'afur G'ulom nomidagi ko'krak nishonini ta'sis etgandi. Kuni kecha mukofot ilk bor tantanali tarzda o'z egalariga topshirildi.
Ko'krak nishoni bilan birinchilardan bo'lib G'afur G'ulom nomidagi uy-muzeyi direktori Olmos Ahmedova hamda muassasaning ilmiy xodimi Lutfulla Ilhomjonov taqdirlandi.
Adiblar xiyobonida o'tkazilgan tadbirda TDYUU rahbar xodimlari va professor-o'qituvchilari, adabiyotshunos olimlar, talabalar ishtirok etdi.
Adib ijodini keng targ'ib etish hamda xotirasini abadiylashtirish maqsadida universitetda G'afur G'ulom xonasi tashkil etilmoqda.
Tez orada adib haqida hujjatli film suratga olinib, uning shu kungacha e'lon qilinmagan asarlaridan iborat to'plam nashr etiladi.
Universitet va G'afur G'ulom uy-muzeyi o'rtasida memorandum imzonlangani ham o'ziga xos voqelikdir. Unga ko'ra, universitet muassasani otaliqqa oldi. Ayni vaqtda hamkorlikda uy-muzeyning 3D formatidagi ko'rinishini yaratish ustida ish olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, G'afur G'ulom nomidagi ko'krak nishoni bilan o'qish va ijodda faol talabalar hamda TDYUU professor-o'qituvchilari taqdirlanadi. Istisno tariqasida mukofot hamkor tashkilotlar vakillariga ham berilishi mumkin. Ko'krak nishoni sohiblari uchun bazaviy hisoblashning uch baravari miqdorida pul mukofoti ko'zda tutilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52723 | Инструменты
"G'afur G'ulom" ko'krak nishonini olish uchun faqat TDYU talabasi bo'lish shartmi? Boshqa viloyat OYMlari talabalariga ham beriladimi?