Farg'onada yashirincha boqilgan baliqlar akula emas “Akulasimon som” ekanligi aniqlandi

Kuni kecha Farg'onadagi ko'p qavatli turar joyning yer to'lasida hovuz o'rnatilib, unda turli baliqlar boqilayotgani  ma'lum bo'lgandi. Unda fuqaro o'zi katta qilayotgan baliqlarning turi so'ralganda, akula ekanligini ma'lum qilgan. 

Bir muddat o'tib, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi matbuot xizmati holat bo'yicha qo'shimcha ma'lumot berdi. Holat o'rganilganda, ushbu uyda yashovchi fuqaro T.M. tomonidan, aslida, akula emas, balki Siam somi balig‘i boqilayotganligi ma'lum bo‘lgan.

"Afsuski, internetda ko‘p qavatli uy yerto‘lasida akula boqilyapti, degan noto‘g‘ri xabar tarqalib ketdi. Buning uchun uzr so‘rayman. Hozirda baliqlarni yerto‘lada emas, uyimning hovlisiga joylashtirganman", — dedi fuqaro.

Ma'lumot uchun, Siam somi balig‘i akvarium balig‘i hisoblanadi. Tashqi ko‘rinishi akulaga o‘xshaganligi uchun “Akulasimon som” (Akuliy som) yoki shunchaki Pangasius nomi bilan ham tanilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90521 | Инструменты