U tayinlovga qadar Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan
Abdumajid Shermuhammadov Mavlonovich Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
U tayinlovga qadar Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan. Mutasaddi bu lavozimga 2025-yil mart oyida tayinlangan.
Polkovnik Shermuhammadov Xorazm IIB rahbari lavozimiga o‘tguncha Yunusobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ham faoliyat yuritgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90521 | Инструменты