Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markaziga yangi direktor tayinlandi
Dusmatov Aziz Fayzamatovich Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi direktori etib tayinlandi.
U 1984 yilda Toshkent Farmatsevtika institutini tamomlagan. 1991 yilda kimyo fanlari nomzodi, 2008 yilda esa farmatsevtika fanlari doktori ilmiy darajasiga erishgan.
Bugunga qadar Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligining Fan va ta'limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i lavozimini egallab kelgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52509 | Инструменты