"Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.
Hujjatning asosiy jihatlari:
Bloger va influenser tushunchalari aniq belgilangan (3-modda):
Bloger – o‘z akkauntida yoki ommaviy hamjamiyatda ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa mavzularda kontent joylashtiruvchi jismoniy shaxs;
Inflyuyenser – onlayn-platformada 10,000 dan ortiq obunachisi bor bloger.
Kontent uchun shaxsiy javobgarlik (22-modda):
Yolg‘on axborot, yoki shaxs va tashkilotning qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi maʼlumot tarqatmaslik. Bunday holatda raddiya eʼlon qilish yoki belgilar qo‘yish.
Bloger/influenser o‘z akkauntida va izohlar bo‘limlarida noqonuniy kontentni muntazam monitoring qilishi va o‘chirishi shart.
Kontentda inson xavfsizligiga tahdid soluvchi maʼlumot bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish lozim (8-modda).
Reklama va daromadlar (21-22-moddalar):
Reklamadan daromad olish mumkin, lekin Soliq kodeksi talablariga muvofiq soliq to‘lanishi shart;
Kontakt maʼlumotlarini ochiq joylashtirmagan inflyuyenserga reklama berish taqiqlanishi mumkin.
Bir kalendar yilda 3 martadan ko‘p ko‘rsatmaga amal qilmagan bloger/influenser faoliyati 6 oygacha to‘xtatilishi mumkin (15-modda).
Alpha version: 0.9.1.19 build 52001 | Инструменты