Ekspluatatsiya muddati o‘tab bo‘lgan 2 001 ta liftni yangilash va 382 ta liftni taʼmirlash kerakligi aniqlandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov maʼlum qildi:
Endilikda yangi qurilib foydalanishga topshirilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylardagi lift uskunalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish “Xavfsiz lift” yagona idoralararo platforma orqali amalga oshiriladi.
Bordiyu, ushbu platforma orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasa yangi qurilgan ko‘p kvartirali bino foydalanishga qabul qilinmaydi.
Platformaning ishlash tartibi qanday bo‘ladi?
Dastlab, buyurtmachi tizimdan ro‘yxatdan o‘tadi, liftlarning kerakli hujjatlarini, yaʼni sertifikat, pasport, dalolatnoma, liftlarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomalarni yuklaydi va ariza yuborish tugmasini bosadi.
Ariza Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining hududiy bo‘limlariga kelib tushadi va u o‘z navbatida mutaxassisga yuboriladi.
Yuklangan hujjatlar bilan tanishgach, mutaxassis, lokatsiyani lift turgan joyga chiqqan holda belgilaydi. Agar lift belgilangan talablar asosida, yaʼni kuzatuv kamerasi, ikki tomonlama ovoz kuchaytirgich, dispetcherlik markazlariga ulangan va ARD qurilmasi bilan jihozlangan bo‘lsa qabul qilish tugmasini bosadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62203 | Инструменты