19 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi biln uchrashdi. Bu haqda Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Bugun London shahrida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz. O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanib borayotganini aks ettiruvchi 2025 yilga mo‘ljallangan keng va istiqbolli kun tartibini muhokama qildik”, deb yozdi Saidov.
Uning bildirishicha, savdo va investitsiyadan tortib madaniy aloqalar va global chaqiriqlargacha bo‘lgan sohalarni qamrab olgan hamkorlikdagi yangi imkoniyatlar yuzasidan fikr almashilgan. O‘zaro farovonlik va barqarorlik yo‘lidagi umumiy intilishlar yana bir bor tasdiqlangan.
Uchrashuv yakunida vazirliklar o‘rtasida 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi imzolangan.
“Samimiy mehmondo‘stlik va samarali muloqot uchun minnatdormiz”, deydi Saidov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52003 | Инструменты