O‘zbekiston prezidenti Budapeshtga jo‘nab ketdi
Tashrif doirasida Budapesht shahrida oliy darajadagi muzokaralar, Vengriyaning rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Aviachiptalarning sun’iy taqchilligini keltirib chiqargan aviakompaniyalar javobgarlikka tortiladi
Aviachiptalarning sun’iy yetishmasligini keltirib chiqargan aviakompaniyalarga chora ko‘riladi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent metropolitenini TTZ dahasigacha olib borish 2 bosqichda amalga oshiriladi
Shavkat Mirziyoyevga Toshkent metropolitenini rivojlantirish bo‘yicha rejadagi loyihalar yuzasidan axborot berildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi nazorat punkti yana 4 oyga yopildi
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi “Tajen” (“Dovut ota”) nazorat-o‘tkazish punkti orqali jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda 3,5 tonnagacha yuk tashuvchi transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi.
Markaziy bank bir oyda 6 ta bankni jarimaga tortdi
Aprel oyida Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishlarda 45 ta masala ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Xususan, ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 26 ta masala ko‘rib chiqildi.
Bir haftada energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga 37,9 mlrd so‘m zarar yetkazilgan
So‘nggi bir haftada oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 92 ta holat aniqlandi.
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
Qayd etilishicha, 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarliklari qayd etilgan bo‘lib, 67 mingdan ortiq transport vositasi jarima maydonlariga joylashtirilgan. Ularning 3 mingdan ortig‘i — transport vositasini mast holda boshqargan, 1900 dan ortig‘i — xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmagan, 700 dan ortig‘i — haydovchi transport vositalariga noqonuniy jihozlar, ya’ni sirena va migalka o‘rnatgan, 48 mingdan ortiq shaxsda mashinani boshqarish bo‘yicha tegishli hujjatlar bo‘lmagan.
O'zbekistonda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 5,1 mln nafardan oshdi
2025-yil 1-may holatiga oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 5,1 mln nafardan oshdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 66,4% ga (2,1 mln nafar) ortiq.
Endilikda o‘zbekistonliklar Rossiyaga kirishdan oldin onlayn raqamli ro‘yxatdan o‘tishlari kerak
Joriy yil 30-iyundan boshlab vizasiz tartibda Rossiyaga borayotgan chet el fuqarolari “Gosuslugi RuID” mobil ilovasi orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tishi va QR-kod olishi shart bo‘ladi. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasining konsullik bo‘limi bu haqdagi ogohlantirish bilan chiqdi.
Tadbirkorlarga markirovkalash qurilmalari xarajati uchun 2027-yilgacha soliq imtiyozlari beriladi
2027-yilgacha markirovkani o‘qish qurilmalarini sotib olish xarajatlari summasiga hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq yoki YTTlar tomonidan to‘lanadigan JShODS summalarini kamaytirish huquqi beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62204 | Инструменты