Saida Mirziyoyeva ham yurtimizda yana bir shunday nufuzli, zamonaviy maydonning vujudga kelgani alohida ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi
Toshkentda Zamonaviy san’at markazining ochilish marosimi bo‘ldi. Ushbu dargohda ko‘rgazma zallari, kutubxona, konsept-stor, ta’lim maydonlari hamda uchrashuv va tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan jamoat hududlari o‘rin olgan. Qamrovining bu qadar kengligi uni butun Markaziy Osiyo mintaqasida shu turdagi birinchi raqamli majmua darajasiga olib chiqmoqda.
Ushbu markazga Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o’rinbosari Shaxnoza Mirziyoyeva ham tashrif buyurdi.

Yangi madaniy klaster 1912-yilda qad rostlagan sobiq dizel elektr stansiyasining tarixiy binosida joylashdi. Inshootning me’moriy transformatsiyasi dunyoga mashhur “Studio KO” byurosi tomonidan amalga oshirildi. Endilikda bu yerda ko‘rgazmalar, ilmiy izlanish jarayonlari, ma’ruzalar, ochiq muloqotlar, film namoyishlari, konsert va performanslar muntazam o‘tkazib boriladi.

Saida Mirziyoyeva ham yurtimizda yana bir shunday nufuzli, zamonaviy maydonning vujudga kelgani alohida ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi. Uning yozishicha, “CCA Tashkent” ijodkorlar, kuratorlar va xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatib, o‘zbekistonlik iste’dod egalarining yangi auditoriyaga chiqishi hamda xorijiy sahnalarda munosib e’tirof topishiga zamin yaratadi.

"Mazkur loyiha Prezidentimizning tashabbuslari hamda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining katta sa’y-harakatlari natijasida ro‘yobga chiqdi",-deydi Adminstratsiya rahbari.
Avvalroq, Prezident ham ushbu markazga tashrif buyurib, o'z fikrlarini bildirgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90816 | Инструменты