Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Jahongir Sabitaliyevich Jumanov nomzodi tuman deputatlari tomonidan yakdillik bilan qoʻllab-quvvatlangan.
Bugun, 23 noyabr kuni Jahongir Jumanov Fargʻona viloyatining Oltiariq tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 23 noyabr kuni xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan. Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etgan. Unda tashkiliy masala koʻrib chiqilgan.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Jahongir Sabitaliyevich Jumanov nomzodi tuman deputatlari tomonidan yakdillik bilan qoʻllab-quvvatlangan.
Hozirga qadar viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlab kelgan Jahongir Jumanov Oltiariq tumani hokimi etib tasdiqlangan.
Avvalroq, Nishon va Mirzaobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlangani haqida yozgandik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112316 | Инструменты